Sirdaryoda savdo do‘koni eshigini buzib, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishdi

Sirdaryoda savdo do‘koni eshigini buzib, oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishdi

Sardor Safarov (ism-shariflar o‘zgartirilgan) Guliston shahridagi “Sayqal” mahalla fuqarolar yig‘inida yashaydi. O‘rta maxsus ma’lumotli, biror tayinli ishning boshidan tutmagan bu shaxs ishlab oilasiga naf keltiradigan yoshda beboshlik yo‘lini tutib, o‘g‘irlikka qo‘l urdi. Bu haqda “Postda” muxbiri Abdurahmon Mustafoqulov xabar berdi.

Sherigi Abror Sodiqov bilan til biriktirib, Boyovut tumani «Mirishkor» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan A.Sodiqovga tegishli savdo do‘koniga eshikni buzish yo‘li bilan kirib, qiymati 4 790 000 so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlarini o‘g‘irlaydi. So‘ng o‘g‘irlangan narsalarni arzon garovga pullab, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborishgan.

Boyovut tumani IIB xodimlarining olib borgan sa’y-harakatlar natijasida gumonlanuvchilar tez fursatda qo‘lga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!