Si Szinpin: Aralashmaslikning “oltin qoidasi”ga amal qilish zarur

Si Szinpin: Aralashmaslikning “oltin qoidasi”ga amal qilish zarur

Dunyo mamlakatlari bir-birining ichki ishlariga aralashmaslikning “oltin qoidasi”ga amal qilishi, boshqalarni tarafkashlikka majburlashga qarshi chiqishi lozim, deya bayonot berdi XXR raisi Si Szinpin.

– O‘zaro hurmat asosini mustahkamlashimiz kerak, – dedi u Birga tinchlikda yashashning besh tamoyili imzolanganiga 70 yil to‘lishi munosabati bilan uyushtirilgan tadbirda. – Davlatlararo hamkorlikda eng avvalo tenglikka, o‘zaro hurmat va ishonchga intilishimiz kerak.

Rais ta’kidlashicha, davlatlar bir-birining tub manfaati hamda tashvishini, mamlakatlar mustaqil ravishda tanlagan taraqqiyot yo‘lini hurmat qilishi lozim.

– Ichki ishga aralashmaslik oltin qoidasiga amal qilishimiz, kimdir birovga o‘z xohishini uqtirishiga, bloklar qarama-qarshiligiga, kichik-kichik guruhlarning birlashib olib, boshqalarni ham u yoki boshqa guruhga tortishiga birgalikda qarshi turishimiz kerak, – ta’kidlagan Xitoy yetakchisi o‘z ma’ruzasida.

Birgalikda tinch yashashning besh tamoyili – Hindiston va Xitoyning Tibet bo‘yicha 1954 yil imzolangan kelishuvi. Mazkur hujjat ikki davlat bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishi, o‘zaro hujum qilmasligi, bir-birining ichki ishiga aralashmasligi, teng va o‘zaro manfaat asosida, birgalikda tinch yashash tamoyilini nazarda tutadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!