Sherali Jo‘rayev va Ozodbek Nazarbekov Ahmadboyga pul berganmi? (VIDEO)

Sherali Jo‘rayev va Ozodbek Nazarbekov Ahmadboyga pul berganmi? (VIDEO)

Ahmadboyning ishi bo‘yicha so‘nggi sud jarayoni bo‘ldi. Unda suddan so‘ng Ahmadboy OAV vakillari savoliga javob berdi. Jurnalistlardan biri Ahmadboyga san’atkorlar bilan ishlagani yoki yo‘qligi yuzasidan savol berdi.

Ahmadboyning aytishicha u hech qaysi san’atkor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-berdi qilmagan.

“San’atkorlar bilan oldi-berdi qilmaganman. O‘sha paytda o‘g‘il to‘yi qilganimda to‘yyona sifatida kelishgan. Sherali Jo‘rayevdan, Ozoddan pul olibdi deyishadi, u shunchaki gap. Men artistlar bilan bunday ish qilmaganman. Kimdir birov orqali kirgizgan bo‘lishi mumkin. Lekin biron-bir artist kelib qo‘limga pul bermagan. O‘zingiz o‘ylang, menda 12 mingta jabrlanuvchi bor, manga farqi yo‘q kim keladi, men uchun hammasi bir fuqaro”, – deydi Ahmadboy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!