Shayxontohur tumanida sug‘urta agenti tomonidan sug‘urta polislarini o‘zlashtirganlik holati aniqlandi

Shayxontohur tumanida sug‘urta agenti tomonidan sug‘urta polislarini o‘zlashtirganlik holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan “A.” MCHJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, YATT A.N. tomonidan agentlik shartnomasiga asosan olingan qat’iy hisobda turuvchi 4 200 dona sug‘urta polis blanklarini 342,8 mln so‘mga sotib yuborib, sotuvdan tushgan tushumni jamiyat hisob raqamiga o‘tkazmasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!