Shaytonga ish qoldirmaydiganlar bor...

Shaytonga ish qoldirmaydiganlar bor...

Qur’on tilovatini endi boshlaganingizda telefoningiz jiringlab qoladi...

– Ikki rakat namozni o‘qishni niyat qilganingizda telegram, vatsap yoki messenjerdan maktub kelib qoladi...

– Endi kitob mutolaa qilaman deb turganingizda do‘stingiz biror mavzuni ochib qoladi...

– Biror yaxshilikni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, uni to‘xtatuvchi biror hodisa yuz berib qoladi...

Ibn Qoyyum bu haqda quyidagilarni aytadi:

Qachon bir banda toat-ibodatni ado etishga yuzlansa, Alloh taolo uning rostgo‘yligini aniqlash maqsadida bir chalg‘ituvchini yuboradi. Agar banda unga qarshi kurashib, sabr qilsa va unda mustahkam tursa, haligi chalg‘ituvchi narsa o‘rniga toat-ibodatga yordam beruvchi keladi. Alloh taolo bu haqda: "Bizning (Yo‘limiz)da jihod (jiddu-jahd) qilgan zotlarni albatta O‘z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz", deb aytgan, (Ankabut surasi, 69-oyat)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!