Shavkat Mirziyoyev Xitoyga safar qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga safar qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy rahbari Si Szinpinning taklifiga binoan joriy yilning 24-27 aprel kunlari Bir makon, bir yo‘l ikkinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev safar davomida Xitoy rahbari Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz forumda ishtirok etadigan xorijiy davlatlar delegasiyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazadi , deyiladi rasmiy axborotda.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!