Shavkat Mirziyoyev: «Katta imoratlar, zamonaviy texnikalar bilan maqtanish kerak emas»

Shavkat Mirziyoyev: «Katta imoratlar, zamonaviy texnikalar bilan maqtanish kerak emas»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumanidagi madaniyat markazida qoraqalpog‘istonlik faollar bilan muloqot qildi.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, qoraqalpoq eliga samimiy hurmat-ehtiromini bildirdi.

- Sizlar bilan birgalikda katta harakat boshladik. Har bir hududning dardini bilaylik, har bir insonning ichiga kiraylik, ertangi kunga ishonchini uyg‘otaylik deb chuqur islohotlarni amalga oshiryapmiz. Odamlar ertaga emas, olis kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak, - dedi Prezident.

Bu siyosat natijasi Qoraqalpog‘istonda ham yaqqol namoyon.

Orolbo‘yi aholisi hayotini yaxshilash haqidagi gap-so‘zlar 50 yillardan beri bor. Lekin keyingi ikki yilda qilingan ishlar bir taraf.

Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun ko‘p sheriklik asosidagi Trast fondi tuzildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Orolbo‘yi xalqaro innovasiya markazi, Orolbo‘yida innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi. Dengizning qurigan tubida himoya o‘rmonzorlari, Amudaryo deltasida kichik suv havzalari barpo etilmoqda.

Samimiy kechgan uchrashuvda Nukus shahri va barcha tumanlardan kelgan vakillar Mo‘ynoqdagi o‘zgarishlarga havas qilganini ta’kidlab, o‘z joylaridagi kamchilik va muhim masalalarni aytdi. Ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

- Katta imoratlar, zamonaviy texnikalar bilan maqtanish kerak emas. Aqlli, bilimli, fidoyi farzandlarni tarbiyalasak va ular Vatanga xizmat qilsa, eng katta boylik, baxt mana shu, - dedi davlat rahbari.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!