Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif bilan boradi

Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif bilan boradi

10 oktyabr, chorshanba kuni o‘zbekistonlik va xalqaro hamkorlar ishtirokida Germaniya birligi kuni nishonlandi, deb xabar bermoqda ushbu davlatning Toshkentdagi elchixonasi.

Tadbirda Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Gyunter Overfeld O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar sababli O‘zbekiston-Germaniya do‘stligi yangi sur’at olganligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.Prezident Mirziyoyevning barcha fuqarolar uchun inson huquqlari va huquqiy xavfsizlikni kuchaytirish, shaffoflik va davlatni samarali boshqarish tizimini joriy etish hamda bozor iqtisodiyotiga ko‘proq tayangan iqtisodiy rivojlanishning yangi bosqichini ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi sa’y-harakatlari ikki tomonlama aloqalar uchun katta ahamiyatga ega ekanligi e’tirof etildi. 

Qayd etilishicha, tashqi siyosatda Germaniya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda Afg‘onistonni jalb qilish orqali mintaqaviy hamkorlik tashabbuslarini davom ettirilishini olqishlaydi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil yanvar oyida Germaniyaga tashrifi davomida kansler Angela Merkel va GFR federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan bo‘lib o‘tadigan muzokaralar ham elchi tomonidan aytib o‘tildi.

Bildirilishicha, iqtisodiy sohada shu yilning may oyida 70dan ortiq nemis firmalari O‘zbekistonga tashrif buyurdi va bu nemis iqtisodiyotining Markaziy Osiyoga shu davrgacha kelgan eng katta delegasiyasidir.

Elchi O‘zbekiston islohotlar siyosatini davom ettirish yo‘lidagi chaqiriqlarni yengishiga va shu bilan birga nemis-o‘zbek hamkorligining yanada kengayishiga umid bildirdi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!