Shahrisabzga IHTning 2024 yildagi turizm poytaxti sertifikati topshirildi

Shahrisabzga IHTning 2024 yildagi turizm poytaxti sertifikati topshirildi

Shahrisabz shahriga “2024-yilda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” sertifikatini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husrav Noziri, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev, shuningdek, IHTga a’zo davlatlar delegasiyalari rahbarlari va oliy martabali mehmonlar ishtirok etdilar.

IHT Bosh kotibi Husrav Noziri tomonidan Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyevga 2024-yilda “Shahrisabz – Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomini tasdiqlovchi maxsus sertifikat topshirildi.

Tantanali marosim konsert dasturi bilan davom etdi. Kecha mehmonlari opera ijrochilarining kuy-qo‘shiqlari, otashin xalq raqslari, shuningdek, orkestrning betakror ijrolaridan bahramand bo‘lish imkoniga ega bo‘ldilar.

Tadbir ishtirokchilariga IHTga a’zo mamlakatlar malakali dizaynerlari ishtirokida “Modest fashion show” modalar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Unda Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Tojikistonning mashhur dizaynerlari bilan bir qatorida 5 nafar mahalliy dizaynerlar ishtirok etdilar. Dizaynerlar 160dan ortiq liboslarni o‘z ichiga olgan tarixiy, milliy va zamonaviy yo‘nalishdagi kolleksiyalar to‘plamini mehmonlar etiboriga taqdim etdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!