Serbiya terma jamoasi darvozaboni barda muxlisga musht tushirdi

Serbiya terma jamoasi darvozaboni barda muxlisga musht tushirdi

Futbol bo‘yicha Serbiya terma jamoasi darvozaboni Vanya Milinkovich-Savich Daniya termasiga qarshi Yevropa chempionati guruh bosqichining so‘nggi o‘yini oldidan Myunxendagi barlardan birida muxlis bilan mushtlashdi. Bu haqda Serbiyaning Telegraf portaliga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, daniyaliklar bilan o‘yin oldidan serbiyalik futbolchilarga bir kunlik dam berilgan. Milinkovich-Savich serbiyalik musiqachilar tez-tez chiqish qiladigan barga borgan. Muxlislardan biri Serbiya terma jamoasi darvozaboniga barda uning borligidan noroziligini bildirgan. Muxlisga futbolchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish o‘rniga spirtli ichimlik ichayotgani yoqmagan. Bunga javoban serb futbolchisi muxlisga musht tushirgan. Mushtlashuvni xavfsizlik xodimlari va bar egasi to‘xtatgan.

Ma’lumot uchun, Serbiya va Daniya terma jamoalari 26 iyun kuni Yevro—2024 guruh bosqichining so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi va uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi. Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Serbiya terma jamoasi o‘z kvartetida to‘rtinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqa olmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!