“Santyago Bernabeu”ga sayohat uchun kirish qancha turadi?

“Santyago Bernabeu”ga sayohat uchun kirish qancha turadi?

Ispaniyaning hududi sharq va janubda O‘rtayer dengizi, g‘arbda esa Atlantika okeani suvlari bilan o‘ralgan. Iqlimi keskin o‘zgaruvchan. Aholisi deyarli 40 millionni tashkil etadi.

 

Ispaniya poytaxti – Madrid sayyohlar shahri. Ularni tarixiy obidalar, sport ishqibozlarini esa “Real Madrid” futbol jamoasining betakror o‘yinlari lol qoldirib, bu zaminni ko‘rishga keladi.

Madridga tashrifimiz davomida “Real” klubining “Santyago Bernabeu” nomli stadioniga sayohat qildik. Guruhimizda bu jamoaning ishqibozi juda ko‘p ekan. Ba’zi do‘stlarimiz stadion oldida rasmga tushish bilan kifoyalansa, chin ishqibozlar 25 yevro to‘lab, uning ichini ham tomosha qilishdi.


Ispanlar uchun yakshanba tom ma’noda dam olish kuni bo‘lib, aholi sayrga chiqishni xush ko‘rar ekan. Shu sababli, dam olish kunlari shahar ko‘chalari odamlar bilan gavjum bo‘ladi. Ular bir-biriga juda hurmat bilan muomalada bo‘lishini payqash qiyin emas. Ochig‘i, asabiy odamlarni ko‘rmadik. Aksincha, hammasi xotirjam, o‘z ishi, o‘z olami bilan yashamoqda.

Manba: uza. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!