Bo‘kada ikki erkak MIB xodimini urib, jarohat yetkazdi

Bo‘kada ikki erkak MIB xodimini urib, jarohat yetkazdi

14.11.2019 yilda MIB Bo‘ka tuman bo‘limi davlat inspektori A.T. tomonidan Samarqand ko‘chasidagi M.B.ga tegishli xonadon elektr energiya tarmog‘iga noqonuniy ravishda ulanganligi aniqlaganda, M.B.ning 2 nafar o‘g‘illari tuzilgan dalolatnomani qaytarib berishni talab qilib, biri MIB xodimining yuziga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan va dalolatnomani olib qo‘yib, yashirgan.

Mazkur holat yuzasidan 14.11.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!