Ro‘zada aynan qanday taomlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak? (video)

Ro‘zada aynan qanday taomlarni ko‘proq iste’mol qilish kerak? (video)

Muqaddas Ramazon oyi bu yil ham uzoq va issiq kunlarga to‘g‘ri keldi. Ya’ni tongdan shomgacha ro‘za tutish muddatining uzoqligi, yozgi issiqda tananing suvsizlanishi xatarli ekanini aytib, shifokorlar sahar va iftor paytida imkon qadar ko‘p suv ichishni ham qat’iy maslahat berishmoqda.

Uzun ro‘za soatlarining inson salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olish, bu jarayonda aynan qanday taomlarni ko‘proq iste’mol qilish borasida biz tibbiyot fanlari nomzodi, oliy toifali jarroh Shomurod Mehmonovning mulohazlarini e’tiboringizga havol etamiz.

Ro‘za tutish yaxshi. Chunki, har bir narsa, jumaladan inson a’zolari ham toliqadi, deydi SH. Mehmonov. Misol uchun, jigarni olaylik, u bioximik labaratoriya bo‘lib, organizmga kelgan barcha zaharli moddalarni tozalashda ishtirok etadi. Shuningdek, qon ham ishlab chiqarishda ishtirok etadi.

Inson tanasining asosiy qismini oqsillar tashkil etadi. Ular qon bosimini ham bir zayilda ushlab turadi. Uning miqdori kamaysa, qul-oyoqda shishlar paydo bo‘ladi.

Shuning uchun, ro‘za tutganda ko‘proq oqsilga boy ovqatlarni iste’mol qilish kerak. Ammo, bizning odamlarimiz shirinlik, non va xamrli taomlarni iste’mol qiladi.

Ular esa kechqurun oshqozonga og‘irlik qiladi va teri ostiga yog‘ yig‘adi. Aslida ularni o‘rniga 100 gramm atrofida go‘sht, ozroq yog‘li ovqat yeyilsa, organizm qiynalmaydi.

Zero, tunda ovqatni uglevodga to‘yingan taomlarni to‘yib iste’mol qilsak, tunda uxlay olmaydi. Yurib chiqadi.

15 soatdan ortiq muddatda yana issiqda ro‘za tutish uchun inson avvalo sog‘lom bo‘lishi kerak. Bu vaqtda keksalarda qon quyuqlashadi. Til qurishni boshlaganda, demak, inson tanasida bir yarim litr suv yetishmayotgan bo‘ladi. Shuning uchun, ro‘zada to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratish kerak. Yo‘qsa, yurak, o‘pka, oshqozon osti beziga yuk tushadi.

Birinchi suv ichish kerak. Suv og‘iz bo‘shlig‘iga kerak. Bir piyola suvni xo‘plab, uch daqiqa davomida ichsak, qonga boradi. Muzlatgichdagi muzday suvni ichish noto‘g‘ri. Qon tomirlari toraydi. Ovqat ham ketmay qoladi. Natijada qon bosimi tushib ketadi. Yaxshisi, iftorda ikki dona kotlet, yengil sho‘rva. Ertalabga bemalol go‘shtli ovqat, ozroq shirinlik tanavvul qilsa bo‘ladi. Suv yoki kompot ichish mumkin. Men ro‘za tutishga qarshi emasman. Lekin, odam yashashi uchun qulay sharoit kerak. Yo‘qsa, tanasi qiynalib, oshqozon yarasi, jigar shishi holati kuzatiladi.

Shifokor jarrohning mulohazalari bilan videoda to‘liq tanishishingiz mumkin.

Saytimizni kuzatib boring. Ro‘za tutib, vazn o‘zgarishining foyda zarari haqida bilib olasiz. Sizni qiziqtirayotgan savollarni yo‘llashangiz mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!