Rossiya chegarasini buzib o‘tmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar o‘qqa tutildi: qurbon bor

Rossiya chegarasini buzib o‘tmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar o‘qqa tutildi: qurbon bor

Rossiya–Ukraina chegarasida Federal xavfsizlik xizmati xodimlari va Ukrainaning maxsus operasiya kuchlari qurolli otryadi o‘rtasida otishma bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Komsomolskaya Pravda" yozadi.

Gazetaning yozishicha, ukrainaliklar Rossiya hududida Donbass polisiya xodimiga hujum qilgan rus fuqarosini qo‘lga olishgan. Manbaning yozishicha, qarshilik ko‘rsatmasligi uchun rossiyalikka qarshi kimyoviy eritma ishlatishgan va uni Ukraina hududiga olib borishga harakat qilishgan.

Ma’lumot uchun, 4 dekabr kuni FXX qurolli kuch bilan chegarani kesib o‘tishga urinish haqida xabar bergan. Maxsus xizmatning ta’kidlashicha, bu Rossiya FXX Belgorod va Voronej viloyatlaridagi Chegara boshqarmasi hududida sodir bo‘lgan.

Uch kishi chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan va ularni ushlamoqchi bo‘lganlarida, qurol ishlatgan. Chegarachilar yana o‘q otishgan. Chegarani buzganlardan biri otishmada o‘ldirilgan, yana ikkitasi Ukraina hududiga qochib ketgan.

Manbaga ko‘ra, bu shunchaki kontrabandachilar yoki noqonuniy muhojirlar bilan otishma emas, balki Ukraina Xavfsizlik xizmati operasiyasini bostirish edi. Gazetaning ta’kidlashicha, Ukraina harbiy otryadi chegarada qo‘lga olingan milisiya bilan sabotaj guruhini uchratgan.

Manbaga ko‘ra, otishmada jangchilardan biri o‘ldirilgan va Rossiya fuqarosi qo‘yib yuborilgan. Endi maxsus xizmatlar Ukrainaning Rossiyadagi ayg‘oqchilar tarmog‘ini fosh etish bilan shug‘ullanmoqdalar.

Nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi olti oy ichida ukrainaliklar Rossiyadan sobiq qurolli kuchlarni o‘g‘irlashga uch marta urinishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!