Ritik Roshan sobiq rafiqasiga ikkinchi marta uylanmoqchimi?!

Ritik Roshan sobiq rafiqasiga ikkinchi marta uylanmoqchimi?!

Avvallari sobiq er-xotin Ritik Roshan va Syuzanna Xon yarashmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Bir necha kun oldin esa ushbu juftlikning qaytadan uchrashmoqchi ekanligi haqida gap-so‘zlar internetni egallab olgan edi. Vaholanki, bunga ularning ko‘pincha birga yurganliklari sabab qilib ko‘rsatilayotgan edi. Ammo bularning barchasi oddiygina mish-mish bo‘lib chiqdi. “Deccan Chronicle” nashrining ta’kidlashicha, juftlik shunchaki farzandlari bilan birga sayohat qilish uchungina ko‘rishayotgan ekan.

Eslatib o‘tamiz, juftlik 2004 yilda turmush qurishgan edi. Ammo ba’zi bir oilaviy muammolar sababli ular 2014 yilda ajrashishgan. Hozirda Ritik hamda Syuzannaning Rexan va Ridan ismli ikki o‘g‘li bor.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!