Rasmiy xabar: Qoraqalpog‘istonda fuqaro IIB xodimi tomonidan do‘pposlanganmidi?

Rasmiy xabar: Qoraqalpog‘istonda fuqaro IIB xodimi tomonidan do‘pposlanganmidi?

Ijtimoiy tarmoqlarida "Taxiatosh tumanida ichki ishlar organi xodimi fuqaroning o‘limiga sababchi bo‘ldi" sarlavhasi bilan xabarlar tarqalgandi. IIV Axborot xizmati rahbari SH.K.G‘iyosov bu xabarlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Joriy yilning 23 may kuni soat 11:00lar chamasida Taxiatosh tumani IIB navbatchilik qismining «102» telefon raqamiga o‘zini «Ramazan» ko‘chasida yashovchi «Gulayim» deb tanishtirgan fuqaro qo‘ng‘iroq qilib, «Ramazan» ko‘chasi 7-uyning oldida bir mast fuqaro yotganligini aytib xabar bergan, mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori kapitan S.Baymuratov borgan. Kapitan S.Baymuratov «Ramazan» ko‘chasiga borganida, o‘zini B.Tajimuratov deb tanishtirgan mast fuqaroni tibbiyot birlashmasiga olib borib shifokor ko‘rigidan o‘tkazib, B.Tajimuratovning mastligi va jarohati haqida «alkogolnoye opyaneniye, ushib legkix, rana levoy brovnoy oblasti» deb ma’lumotnoma olingan.

Kapitan S.Baymuratov fuqaro B.Tajimuratovni bo‘limning navbatchilik bo‘limiga olib kelib topshirib, bu voqea yuzasidan bo‘lim boshlig‘i nomiga bildirgi bilan axborot bergan.

Fuqaro B.Tajimuratov bo‘limning hushyorlik xonasida sog‘ligi yomonlashganligi sababli, shu kungi navbatchilik qismi navbatchisi tomonidan tez yordam chaqirilib, B.Tajimuratov kasalxonaga yuborilgan.

Keyinchalik fuqaroning shaxsi surishtirilganda, Taxiatosh tumanida yashovchi B.Dauletmuratov ekanligi aniqlangan.

2021 yilning 28 may kuni fuqaro B.Dauletmuratovning opasi Taxiatosh tumani, Tantashov ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Dauletmuratova Taxiatosh tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, ukasini profilaktika inspektori kapitan S.Baymuratov urib tan jarohat yetkazganligi ko‘rsatgan.

Mazkur murojaat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilib, 28 iyun kuni kapitan S.Baymuratovning xatti-harakatlarida hech qanday qonunbuzilish holatlari aniqlanmaganligi to‘g‘risida xulosa qabul qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!