O‘zbekiston OTJ U23 Osiyo kuboklarida qanday natija qayd etgan?

O‘zbekiston OTJ U23 Osiyo kuboklarida qanday natija qayd etgan?

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati oltinchi marta o‘tkazildi. O‘zbekiston ularning dastlabki ikkitasi juda muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, guruhdan chiqa olmagan.

Keyingi 4tasida esa olimpiyachilarimiz ancha ijobiy natija qayd etishgan. U23 terma jamoamiz hisobida bitta oltin va 2 ta kumush medallari mavjud.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining U23 Osiyo kuboklaridagi natijalari:

Oman-2013: guruhda 3-o‘rin (bosh murabbiy — Shuhrat Maqsudov)

Qatar-2016: guruhda 3-o‘rin (bosh murabbiy — Samvel Babayan)

Xitoy-2018: chempion (bosh murabbiy — Ravshan Haydarov)

Tailand-2020: 4-o‘rin (bosh murabbiy — Lyubinko Drulovich)

O‘zbekiston-2022: 2-o‘rin (bosh murabbiy — Temur Kapadze)

Qatar-2024: 2-o‘rin (bosh murabbiy — Temur Kapadze)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!