Jasur Jaloliddinov: «Musobaqada eng kuchli jamoa ekanimizni ko‘rsata oldik»

Jasur Jaloliddinov: «Musobaqada eng kuchli jamoa ekanimizni ko‘rsata oldik»

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov Toshkent aeroportida U23 Osiyo kubogi haqida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Oldimizga qo‘yilgan vazifani yaxshi bajardik. Jamoamizning asosiy maqsadi chempionlik edi. Oldimizga shunday yuqori maqsad qo‘yganimiz uchun ham Olimpiada yo‘llanmasiga ishonchli tarzda erishdik deb o‘ylayman. Tarixiy natija qayd etib, xalqimizga quvonch bag‘ishlaganimizdan xursandmiz. Bundan faxrlanamiz. Ishlashda davom etamiz va yuqori maqsadlarni ko‘zlagan holda Parijga boramiz. Olimpiadadan ham yorug‘ yuz bilan qaytishga harakat qilamiz.

Finalda raqibga nisbatan yaxshiroq harakat qildik, deb o‘ylayman. Bizda charchoq sezilmadi. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi. Bizga omad yetishmadi, deymizmi... Shuni ishonch bilan ayta olamanki, biz kecha raqibdan kuchli edik. Boshni tik ko‘targan holda maydonni tark etdik. Bu turnirda biz eng kuchli jamoa edik. Buni amalda ham ko‘rsata oldik", — dedi Jaloliddinov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!