Qo‘yliq ko‘prigi osti odamlar uchun xavfli bo‘lib qoldi (foto)

Qo‘yliq ko‘prigi osti odamlar uchun xavfli bo‘lib qoldi (foto)

Toshkentdagi eng yirik bozorlardan biri Qo‘yliq bozori yonidagi ko‘prik osti yana odamlar bilan to‘lib-toshgan.

Ayni paytda yangi metro liniyasi qurilishi munosabati bilan dehqon bozoriga o‘tadigan yerosti yo‘li yopib qo‘yilgan (suratda). Odamlar esa qatnov qismini ko‘prik ostidan kesib o‘tishyapti (suratda).

"Bozor hududidagi avtoturargoh yaqinida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari esa «To‘xtash taqiqlanadi» belgisi o‘rnatilgan hududga qo‘yilgan mashinalarni bartaraf qilish bilan band", deb yozadi  "Postda" nashri.

Nashr taklifiga ko‘ra, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘lning maqbul qatnov qismiga vaqtinchalik yo‘l belgisini o‘rnatish yoki piyodalar o‘tish yo‘lini barpo etish kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!