Qo‘rqqan oldin musht ko‘taraversa...

Qo‘rqqan oldin musht ko‘taraversa...

Majburiy ijro byurosi Paxtakor tumani bo‘limi inspektori Q.Rajabov kommunal to‘lovlarni tekshirish uchun hududdagi xonadonlardan biriga odatdagi tartibda kiradi.   
Kutilmaganda uy egasi Chori Qo‘chqorov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) hech bir sababsiz MIB xodimiga tashlanib qoldi. Inspektorni haqoratlagani yetmaganidek, yuziga shapaloq ham tortib yubordi.

MIB inspektoriga xizmat vazifasini bajarishga to‘sqinlik qilish bilan bog‘liq bu noxush holat jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining ochiq majlisida ko‘rib chiqildi. Sud huquqbuzarga nisbatan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida jarima jazosini qo‘lladi.

Qilmishga yarasha jazo muqarrarligi shubhasiz, lekin hanuzgacha fuqarolarda mana shunday kommunal to‘lovlarni to‘lash borasida madaniyat yetishmayotgani kishini mulohazaga chorlaydi.

Inson ish yuzasidan uyiga kelgan davlat xizmatchisi bo‘ladimi, mehmon bo‘ladimi uni hurmat bilan qarshi oladi. To‘lovlar bilan bog‘liq muammosi bo‘lgan fuqaro bu taqlid – “qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar“ usulidan foydalanishi naf bermasligini tushunib yetdi.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!