Qozog‘istonlik qiz Habib Nurmagomedovning Instagram’dagi tanlovida mashina yutib oldi

A A A
Qozog‘istonlik qiz Habib Nurmagomedovning Instagram’dagi tanlovida mashina yutib oldi

Qozog‘istonning Aqto‘be shahrida yashovchi Saule Bolatboyeva UFC chempioni Habib Nurmagomedov tomonidan Instagram da uyushtirilgan giv-tanlovda superyutuq Toyota Camry avtomashinasini yutib oldi, deb xabar beradi Zakon.kz .

30 dekabr kuni jonli efirda g‘olibni avtomatik tanlov generatori orqali aniqlaymiz, bundan tashqari barcha obunalarni tekshiramiz. Sovg‘alar kutmoqda , deb yozgandi Habib Nurmagomedov bir necha kun oldin o‘zining akkauntida.

Qizning g‘olib bo‘lganligi haqida Instagram dagi autolife_almaty guruhida yozildi. Shuningdek, ular Habib Nurmagomedovning rasmiy akkauntidan chiqilgan jonli efir videolarini ham joylashtirdi.

Keyinchalik Bolatboyevaning o‘zi Instagram dagi Stories bo‘limida Nurmagomedovdan mashina yutgani haqida xabar qildi. Qizni sovg‘asini olish uchun Moskvaga taklif qilishdi. Habibning shaxsan o‘zi mashina kalitini topshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!