Qozog‘istonda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Qozog‘istonda portlash sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidagi konda portlash sodir bo‘ldi. Natijada 4 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda viloyat ma’muriyati matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash qazish ishlari paytida sodir bo‘lgan. Voqea sababi tekshirilmoqda. Qurbonlardan tashqari bir kishi jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kon ishchilari mis va mis-rux rudalari bilan shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!