Qozog‘istonda 5 iyuldan jamoat transporti harakati to‘xtatiladi

Qozog‘istonda 5 iyuldan jamoat transporti harakati to‘xtatiladi

Qozog‘istonda, Nur-Sulton shahrining bosh davlat sanitariya vrachining buyrug‘iga binoan, 5 iyuldan boshlab jamoat transporti to‘xtatildi, deb xabar beradi «Kazinform».

«Jamoat transporti harakati ikki haftaga to‘xtatiladi. Qachon qayta tiklanishi keyinroq e’lon qilinadi. Avtobuslar va parklarni to‘liq dezinfeksiyalash ishlari olib boriladi”, – deyiladi xabarda. Avval xabar qilinganidek, Nur-Sulton shahrining bosh davlat sanitariya vrachi Nur-Sulton shahrida qat’iy cheklov karantin tadbirlarini 2020 yil 5 iyul soat 00:00 dan 2020 yil 19 iyul soat 00:00 ga qadar (uzaytirilgan holda) joriy etishga qaror qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!