Qozog‘istonda 2021 yilni Ekologiya yili deb e’lon qilish taklif qilindi

Qozog‘istonda 2021 yilni Ekologiya yili deb e’lon qilish taklif qilindi

Jamiyat arbobi, atiraulik jurnalist Arman Xayrullin 2021 yilni «Ekologiya yili» deb e’lon qilishni taklif qildi.

«Bugun Atirauda ekologik apokalipsis bo‘lgan deb taxmin qilish uchun asos bor. 90-yillardan beri havoga 4 million tonna zaharli moddalar chiqarildi. Bularning barchasi bizning sog‘lig‘imizga zarar yetkazadi.

Mening taklifim shuki, Ekologiya vazirligini tashkil etgan Prezidentimiz Qasim-Jomart Toqayev 2021 yilni Ekologiya yili deb e’lon qilsa yaxshi bo‘lardi. Yigirma yil ichida biron marta Ekologiya yili e’lon qilinmagan. Men qozog‘istonliklarni ushbu taklifni qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman», - dedi Arman Xayrullin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!