Qizni turmushga berishda kuyov tomonga hamma aybini bildirish kerakmi?

Qizni turmushga berishda kuyov tomonga hamma aybini bildirish kerakmi?

Savol

Assalomu alaykum, qizni turmushga berishda kuyov tomonga hamma aybini bildirish kerakmi? Yoki boshqacharoq so‘rayman, qanday kasalliklarini quda tomonga aytish kerak?


Javob

Bunga shayx Mustafo Zarqo quyidagicha javob berganlar: Sovchi tomonga aytilishi vojib bo‘lgan kasalliklar quyidagilar: oshqozonga oid kasalliklar, er-xotinlik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan tutqanoq kabi xastaliklar va ratq (farj to‘silib qolishi) kabi ayblardir.

Alloh yanada biluvchiroq.

Mubashshir AHMAD


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!