Qizlarga pul sarflagan 28 yoshli erkak qotilga aylandi

Qizlarga pul sarflagan 28 yoshli erkak qotilga aylandi

Janubiy Koreya hukumati Kang ismli 28 yoshli erkakni hibsga oldi. U talonchilik, qotillik, o‘g‘irlik va firibgarlikda gumon qilinmoqda. Hibsga olingan shaxs jamg‘argan mablag‘larini qizlarga sarflab yuborganidan keyin jinoyat sodir etganligini aytdi, deb yozadi Allkpop.

Huquqni muhofaza qilish organlari ma’lumotlariga ko‘ra, Kang 30 avgust kuni ishdan uyga ketayotganida 39 yoshli ayolga pistirma qo‘ygan. Ayol o‘zini tajovuzkordan soyabon bilan himoya qilmoqchi bo‘lgan, ammo erkak uni pichoqlab, qochib ketgan. Besh soatdan keyin u jinoyat sodir etilgan joyga qaytib kelib, jasadni yashirishga uringan. Biroq, bu u o‘ylaganidan ham qiyinroq bo‘lib chiqqan — Kang murdani atigi besh metrcha sudray olgan. Shu sababli, umidsizlikka tushgan jinoyatchi jabrlanuvchining smartfoni, pullari va bank kartalarini olib, yana g‘oyib bo‘lgan.

Gumondor ertasi kuni topilgan. U jinoyatini tan oldi va moliyaviy qiyinchiliklar tufayli jinoyatni sodir etganligini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, erkak kuryerlik ishini tashlab, har kuni 10 soat davomida ayol blogerlarning jonli efirlarini tomosha qilgan. Bundan tashqari, u qizlarga faol ravishda "xayriya qilgan" — 8 oy ichida sovg‘alarga 55 million von (3,7 million rubl) sarflagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!