Qirg‘izistonda sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 taga yetdi

Qirg‘izistonda sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 taga yetdi

O‘sh viloyati Nookat tumani Abshir Ota qishlog‘iga 28 iyun kuni sel kelishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Tabiiy ofat qurbonlarining aksariyati 8 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar bo‘lib, sel oqibatida ikki nafar ayol ham vafot etgan. Qutqaruv ishlariga Favqulodda vaziyatlar vazirligining jami 53 nafar qutqaruvchisi jalb qilingan.

Bundan tashqari, ichki ishlar vazirligining 120 nafar xodimi, Mudofaa vazirligining 50 nafar xodimi hamda 150 nafar mahalliy aholi vakillari jarayonda ishtirok etmoqda. Voqea joyida jami 373 kishi ishlamoqda.

Ko‘priklar va yo‘llarning vayron bo‘lishiga, odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan sel oqibatida Nookat tumanida favqulodda holat e’lon qilingan. Abshir Ota dam olish maskanida 1300 dan ortiq odam qolib ketgan, ularning barchasi evakuasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!