Qirg‘izistonda Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi

Qirg‘izistonda Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukm bekor qilindi

Qirg‘iziston Oliy sudi jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha sobiq prezident Almazbek Atambayevga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi.

Joriy yil iyun oyida Bishkek Birinchi may tuman sudi Atambayevni mazkur ish yuzasidan 11 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum etgan edi.

Sputnik Qirg‘iziston agentligi xabariga ko‘ra, jinoiy ish Birinchi may tuman sudida boshqa tarkibda yangidan ko‘rib chiqilishi yuborilgan.

Batukayev ishi

Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda “og‘ir kasallik” tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!