Qirg‘iziston qog‘oz eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi

Qirg‘iziston qog‘oz eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qildi

Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov qayta ishlangan qog‘oz va kartonni YEOII bojxona hududidan tashqariga olib chiqishni (eksport qilishni) vaqtinchalik taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, qayta ishlangan qog‘oz va kartonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish)ni olti oy muddatga vaqtinchalik taqiqlash belgilandi.

Iqtisodiyot va savdo vazirligiga vaqtinchalik taqiq kiritilganligi to‘g‘risida Jahon savdo tashkiloti va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish topshirildi.

Tashqi ishlar vazirligiga mazkur qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasini vaqtinchalik taqiq kiritilganligi to‘g‘risida belgilangan tartibda xabardor qilish topshirildi.

Davlat bojxona xizmati va Qirg‘iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga tovarlarning noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yishga qaratilgan zarur choralarni ko‘rish topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!