Qidiruvdagi “Captiva” Nukusda topildi va xatlandi

Qidiruvdagi “Captiva” Nukusda topildi va xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining, undiruvchi “Xamkorbank” Nukus filiali foydasiga, javobgar “Nukus Hamkor Marketing” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 233 mln. 655,1 ming so‘m kredit qarzdorligini undirish, undiruvni jamiyatga tegishli bo‘lgan oshxona binosi va qo‘shimcha javobgar F.X. ga tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtomashinaga qaratish haqidagi ijro hujjati, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga 21.05.2021 yilda kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan.

Jumladan, olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdor F.Xudaybergenovga tegishli bo‘lgan avtotransport vositasini xatlovga olish uchun yashash manziliga borilganida, qarzdor mazkur avtotransport vositasini boshqa qarzdorligi evaziga berib yuborganligini ma’lum qilgan hamda bu bo‘yicha undan tushuntirish xati olinib dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Shundan keyin, ushbu avtotransport vositasi qidiruvga berilgan va joriy yilning 1 iyul kuni, boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida topilgan va tegishli tartibda xatlangan.

Hozirda, mazkur ijro hujjatining ijrosini ta’minlash va qarzdorlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!