Qibrayda "Damas" hamda "Vaz-2106" to‘qnashdi

Qibrayda "Damas" hamda "Vaz-2106" to‘qnashdi

Joriy yilning 10 may kuni soat 08:00larda Toshkent viloyati, Qibray tumani, "Tuzel" QFY hududida, haydovchi, 1992 yilda tug‘ilgan I.T. boshqaruvidagi "VAZ-2106" rusumli hamda 1974 yilda tug‘ilgan haydovchi R.X. boshqaruvida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Natijada "VAZ-2106" rusumli avtomobil haydovchisi I.T. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. 

Mazkur YTH yuzasidan Qibray tumani IIB TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!