Qator davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari xususiy sektorga sotiladi

Qator davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari xususiy sektorga sotiladi

“Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi

✅ Farmon bilan:

👉 Transformasiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati;

👉 Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operasion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar ro‘yxati;

👉 Xususiylashtirishdan oldin tayyorlash va investisiyaviy jozibadorligini oshirishning manzilli dasturlari orqali ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat aktivlari ro‘yxati;

👉 Davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘lig‘icha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotiladigan korxonalar ro‘yxati;

👉 Xususiy sektorga sotiladigan davlat ko‘chmas mulki ob’ektlari ro‘yxati tasdiqlandi.

📌 Farmonga ko‘ra, 32 ta yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari transformasiya qilinadi. 15 ta davlat ko‘chmas mulk ob’ektlari xususiy sektorga sotiladi.

🔰 Shuningdek, Farmon bilan:

👉 274 ta davlat ulushlari bor korxona;

👉 109 ta gazeta, nashriyot va jurnallar;

👉 26 ta axborot texnologiyalari korxonalari va kompyuter xizmatlari ko‘rsatish markazlari; 

👉 27 ta xususiy sektor rivojlangan sohadagi tibbiyot muassasalari;

👉 12 ta yog‘-moy sanoati korxonalari;

👉 31 ta vinochilik tarmog‘i va sharob savdo korxonalari to‘liqligicha ommaviy savdolar orqali xususiy sektorga sotilishi belgilandi.

🧾 Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!