Qasim-Jomart Toqayev rasman Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishdi (+video)

Qasim-Jomart Toqayev rasman Qozog‘iston prezidenti lavozimiga kirishdi (+video)

Qozog‘istondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Qasim-Jomart Toqayev bugun, 12 iyun kuni inaugurasiya marosimida qasamyod qabul qilib, rasman davlat rahbari lavozimiga kirishdi.

«Qozog‘iston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, Qozog‘iston konstitusiyasi va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini kafolatlashga, Qozog‘iston respublikasi prezidenti sifatida zimmamga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali ravishda qasamyod qilaman». Toqayev

9 iyun kuni Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida «Nur Otan» partiyasidan nomzod sifatida qatnashgan Qosim-Jo‘mart Toqayev 70,96 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!