Qashqadaryolik onaxon tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani 91 yoshida oldi

Qashqadaryolik onaxon tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani 91 yoshida oldi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tizimi xodimlari xonadonma-xonadon yurish tamoyili asosida ham faoliyat yuritmoqda.
Davlat xizmatlari markazi xodimlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanidagi Kerayet qishlog‘idagi xonadonlardan birida kutilmagan voqeaga duch keldi. 91 bahorni qarshilagan Rajab momoning hech qanday hujjati yo‘q ekan.
Markaz xodimlarining ko‘magi bilan 1928 yilda dunyoga kelgan Rajab Rahmatovaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, unga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma topshirildi.
Onaxonga shu asosda fuqarolik pasporti rasmiylashtirildi.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!