Qashqadaryoda Tojikiston fuqarosini tunab ketishdi

Qashqadaryoda Tojikiston fuqarosini tunab ketishdi

Qashqadaryo. 2020 yilning 04 aprel kunidan 05 aprel kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar G‘uzor tumani Mustaqillik MFYda joylashgan to‘yxona oldida, Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 24 yoshli A.S., tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Scania” rusumli yuk avtomashinasining yoqilg‘i saqlash baki qulfini buzib, 300 litr dizel yoqilg‘i tortish moslamasi (nasosini) o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar tarqatdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni 23 yoshli SH.T., 20 yoshli A.Q. va 22 yoshli J.E.,lar sodir etganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan  G‘uzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. SH.T., A.Q. va J.E., lar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!