Qashqadaryoda tergovchiga 10 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Qashqadaryoda tergovchiga 10 mln so‘m pora bermoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida 20 sentyabr kuni tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi, tergov guruhi tergovchisi mayor D.R. tuman IIB boshlig‘iga pora berishga urinish holati haqida axborot berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qarshi shahrida yashovchi SH. S. giyohvandlik moddasini saqlashda gumonlanib qo‘lga olingan.

Gumonlanuvchining akasi R.S.ga nisbatan to‘plangan hujjatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atmasdan, ehtiyot chorasi qo‘llamay ishni ijobiy hal qilib berish evaziga Qamashi tumani Iftihor ko‘chasida mayor D.R.ga 10 mln. so‘m pulni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan SH. S.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni prokuratura olib bormoqda, deyiladi xabarda.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!