Qashqadaryoda ehtiyotsizlik oqibatida traktor portlab ketdi

Qashqadaryoda ehtiyotsizlik oqibatida traktor portlab ketdi

Joriy yilning 14 iyun kuni soat 07.50larda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida yashovchi 25 yoshli A.E. boshqaruvidagi “T-28” rusumli traktor portlab ketdi.

Voqea traktor bakiga yelim idishda bo‘lgan dizel yoqilg‘isini quyayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yuz bergan va yong‘in kelib chiqqan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining ma’lum qilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda traktorning yoqilg‘i baki va kabina qismi yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida A.E. kuyish jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: nnews.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!