Qancha avtomobil eko-nazoratdan o‘tkazildi?

Qancha avtomobil eko-nazoratdan o‘tkazildi?

Respublikamizning barcha hududlarida "Toza havo" oyligining birinchi bosqichi davom etmoqda, unda 10-apreldan hozirgi kunga qadar 58 ming 822 ta avtomobil ekologik nazoratdan o‘tkazildi.

Bu “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 16, 17 va 28-moddalari hamda “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasi talablari ijrosini ta’minlash hamda avtotransport vositalarining ekologik holati yuzasidan davlat ekologik nazoratini olib borish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Tadbir davomida 518 ta transport vositasi atmosferaga me’yoridan ortiq zararli moddalar chiqarayotganligi aniqlandi. Holatlar yuzasidan jami 303 nafar haydovchiga nisbatan MJtKning tegishli moddalari bilan jami 50,1 mln so‘m jarima qo‘llanildi. Shuningdek, 222 ta transport vositasining harakati vaqtincha to‘xtatildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!