Prokuratura binosi oldida o‘zini yoqib yuborgan andijonlik ayol haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

Prokuratura binosi oldida o‘zini yoqib yuborgan andijonlik ayol haqida qo‘shimcha ma’lumot berildi

2020 yil 30 noyabr kuni Bosh prokuraturaning rasmiy telegram kanalida Andijon viloyat prokuraturasi binosi oldida ayol kishi o‘zini yoqib yuborganligi haqida bayonot berilgan edi.
 
Bayonot chiqarilishi ortidan jamoatchilik orasida keng muhokamalar boshlanib, o‘z joniga qasd qilgan qizning yoshi hamda o‘ziga o‘t qo‘ygan ayolning kuyish darajasi bo‘yicha turli talqinlar kuzatilmoqda.

Mazkur holatga yanada aniqlik kiritish maqsadida qo‘yidagilar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi

2020 yil 24 iyul kuni 1999 yilda tug‘ilgan, Andijon mashinasozlik institutining 2-kurs talabasi N.Murodjon o‘z mobil telefoniga 2004 yilda tug‘ilgan, umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi voyaga yetmagan T.Madinabonuni suratga olgan.

Ushbu fotosuratlar boshqalarga oshkor bo‘lishidan qo‘rqib fuqaro T.Madinabonu o‘z joniga qasd qilgan.

2020 yil 30 noyabr kuni soat taxminan 12:20 larda tergov harakatlari davomida gumonlanuvchidan “Spark” atomashinasini undirib berishni talab qilib Andijon viloyat prokuraturasiga kelgan, marhumaning onasi 1983 yilda tug‘ilgan B.Sohiba, prokuratura binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Ko‘rsatilgan tezkor yordam natijasida u shifoxonaga yotqizilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali kombustiologiya bo‘limida fuqaro B. Sohibaga nisbatan yuritilgan 19344/436-sonli tibbiy bayonnoma va bo‘lim shifokorining 30.11.2020 yildagi dastlabki ma’lumotnomasiga asosan B. Sohiba o‘zini yoqib yuborishi natijasida “Alangadan I-II-IIIA darajada yuzi, bo‘yni, ko‘krak qafasi, ikkala qo‘llarining 15 foizi” kuygan.

Qayd etish kerakki, fuqaro B. Sohibaning o‘zini yoqib tan jaroxati olganligi holati bo‘yicha 30.11.2020 yil kuni sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Biroq, bemor shu kuning o‘zidan sud tibbiy ekspertizasidan o‘tishdan bosh tortib, o‘zining yashash xonadoniga ketib yuborgan. B.Sohibani takroran sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yashash xonadoniga sud tibbiy ekspertizasi eksperti M.Dexqonov, profilaktika inspektorlari I.Qaxxarov, D.Ismoilov va ikki nafar xolislar bilan birgalikda borilganida u ekspertizadan o‘tishdan takroran bosh tortgan.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qilingan har bir rasmiy bayonot asosli hamda aniq fakt va dalillarga tayangan holda e’lon qilinadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!