Prezident tomonidan avf etilgan navoiylik shaxs yana  jinoyatga qo‘l urdi

Prezident tomonidan avf etilgan navoiylik shaxs yana  jinoyatga qo‘l urdi

G.Abdurasulov muqaddam jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash bilan bog‘liq sodir etgan jinoyati uchun 3 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlanib, jazoni bir yilini o‘tamay turib, Prezident tomonidan avf etilib, o‘z uyiga qaytdi.

Biroq, G.Abdurasulov bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, tuzalish yo‘liga kirmasdan, jamiyat va davlat uchun foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, ishlab topgan puliga spirtli ichimlik iste’mol qilib, ko‘chalarda bemaqsad yurishni odat qildi.

Kunlardan bir kun ya’ni 2019 yil 1 sentyabr kuni soat 0025larda mast holda Navbahor tumani tibbiyot birlashmasi binosi yonida turganida, Navbahor tuman IIB xodimi uni ko‘rib, uni oldindan taniganligi sababli to‘xtatib, avtomashinasida katta yo‘lgacha olib borib avtomashinadan tushishini aytganida, uni qo‘llari bilan urishni boshlagan.

Shundan so‘ng, tuman IIB navbatchilik qismi yordamida G.Abdurasulovni tuman IIB ma’muriy binosiga olib kelib, uni mastlik holatiga aniqlik kiritish maqsadida viloyat narkologiya dispanseriga borishni aytganida, u yerga bormasligini aytib, tuman IIB xodimini ikkinchi qavat zinasidan qo‘llari bilan qasddan pastga itarib yuborgan va xodim o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati olgan.

G.Abdurasulov qilmishidan pushaymon bo‘lib, suddan unga, qonuniy yengillik qilib, yengilroq jazo berishni, yolg‘iz onasini o‘zi boqayotganligini ta’kidladi.

Sud, ish holatidan kelib chiqib, unga nisbatan ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Jinoyat uchun jazo muqarrar, biroq ilk bora qilgan jinoyati uchun kechirilgan shaxs qayta jinoyatga qo‘l ursa, endi davlat uni kechirarmikan?!

 

Z.Ibragimov, Jinoyat ishlari bo‘yicha

Nurota tuman  sudi raisi

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!