Pensiya jamg‘armasi tomonidan yana bir xizmat avtomatlashtirildi

 Pensiya jamg‘armasi tomonidan yana bir xizmat avtomatlashtirildi

▶ Endilikda ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yadro poligonlari, radiasiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslardan uy-joy-kommunal xizmatlari bir qismini qoplash uchun to‘lanadigan kompensasiya pul to‘lovlari uchun ularning arizasiga tasdiqlovchi qo‘shimcha hujjatlar talab qilinmaydi.

🫥 Barcha tasdiqlovchi ma’lumotlar axborot tizimlaridan elektron ravishda olinadi.

Oldingi tartibga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar kompensasiya pulini olish huquqini beruvchi hujjatlarni qog‘oz ko‘rinishida taqdim qilishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!