Ozarbayjon — Armaniston urushi: Ukraina kim tomonda?

Ozarbayjon — Armaniston urushi: Ukraina kim tomonda?

Tog‘li Qorabog‘ mojarosida Kiyev na Ozarbayjonga, na Armanistonga harbiy yordam beradi. Bu haqda Ukraina ichki ishlar vaziri Arsen Avakov tvitterda ma’lum qildi.

"Ammo tibbiy yordam — juda xayolparast deputatlar uchun dorilarni butun mamlakat izlashi kerak", deb hazillashdi Avakov. U bu bilan Rada deputatining "Xalq xizmatkori" Lyudmila Marchenkoning bayonotiga munosabat bildirdi, Lyudmila agar zarurat tug‘ilsa, Ukraina Ozarbayjonga harbiy yordam ko‘rsatishini aytgandi.

Bir kun oldin Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Kiyev harbiy mojaroni Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi prinsipiga rioya qilgan holda hal qilishga chaqirayotganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!