Ota begona yigit bilan qochmoqchi bo‘lgan qizini o‘ldirdi. Ruhoniy qonunni kuchaytirmoqchi

Ota begona yigit bilan qochmoqchi bo‘lgan qizini o‘ldirdi. Ruhoniy qonunni kuchaytirmoqchi

Eron prezidenti Hasan Ruhoniy 14 yoshli qiz otasi tomonidan o‘ldirilganidan keyin ayollarga nisbatan zo‘ravonlik to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirish zarurligini bildirdi.

Hodisa Eron shimolida joylashgan Talesh tumanidagi qishloqlardan birida yuz berdi. Eron ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, ota 14 yoshli qizi Romina Ashrafini begona erkak bilan ikki martadan ko‘proq birga qochishga uringanidan so‘ng qotillikni amalga oshirgan.

Fojia chorshanba kuni hukumat yig‘ilishida muhokama qilindi. Eron rahbari Hasan Ruhoniy zo‘ravonlikka qarshi qonun loyihalarini tayyorlashni tezlashtirishni talab qilib, voqeadan afsusda ekanligini ta’kidladi.

Xuddi shu ma’lumotni Eronning ayollar va oila masalalari bo‘yicha vise-prezidenti Masume Ebtekar ham tasdiqladi. U tvitterdagi sahifasida: "Bugun Rominaning ishi Vazirlar mahkamasi yig‘ilishida muhokama qilindi. Men ayollarning xavfsizligini ta’minlaydigan qonun loyihalarini tayyorlashni buyurdim", — deb yozib qoldirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!