Putin va Orbanning Moskvadagi muzokaralari 2,5 soatdan ortiq davom etdi

Putin va Orbanning Moskvadagi muzokaralari 2,5 soatdan ortiq davom etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Kremlda muzokaralarni yakunladi. Ikki davlat rahbarlarining suhbati 2,5 soatdan ortiq davom etdi.

Bu haqda «TASS» xabar bermoqda.

Ikki davlat rahbarlari matbuotga bayonotlar beradi.

Rossiya Federasiyasi va Vengriya rahbarlarining muzokaralari ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlaridan iborat delegasiyalar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Rossiya tomonidan Rossiya Federasiyasi Prezidentining yordamchilari Yuriy Ushakov va Vladimir Medinskiy ham ishtirok etdi. G‘arb tomonidan to‘xtatilgan Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralarda ikkinchisi Rossiya delegasiyasiga boshchilik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!