Olimlar: Yog‘li taom erkaklar salomatligi uchun o‘ta xavfli

Olimlar: Yog‘li taom erkaklar salomatligi uchun o‘ta xavfli

Kanadaning Monreal shahridagi Makgill universiteti sog‘liqni saqlash markazi mutaxassislari tarkibida juda ko‘p yog‘ bo‘lgan taomni iste’mol qilish va prostata bezi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashdi. Bu haqda MedisalXpress portali xabar qildi.

Olimlar 319 kishining ovqat rasionini o‘rganib, inson parhezi va saraton paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘luvchi onkogenlar orasida bog‘liqlik borligini aniqlashgan.

Xususan, ko‘p yog‘li ovqat iste’mol qiluvchi kishilarda MYS nomli onkogenlar paydo bo‘lishi va ularda yog‘ iste’mol qilmaydigan kishilarga qaraganda prostata bezi saratonidan vafot etish holatlari 4 baravar yuqori ekanligini aniqlashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, yog‘li ovqat iste’mol qilish oqibatida onkogenlar sog‘lom hujayralar xususiyatini o‘zgartirib, ularni to‘xtovsiz ko‘payuvchi saraton hujayralariga aylantirar va oqibatda inson o‘limiga olib kelish ehtimoli oshar ekan.

Mol yog‘ining taomdagi hissasini kamaytirish kasallikni dastlabki bosqichidagi rivojlanish sur’atini pasaytirishi mumkin. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, kelajakda uning natijalari prostata saratoniga chalinganlar uchun maxsus parhezni tuzishda yordam berishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!