Olimlar avgust oyida sodir bo‘ladigan kuchli magnit bo‘ronlari haqida ogohlantirishdi

Olimlar avgust oyida sodir bo‘ladigan kuchli magnit bo‘ronlari haqida ogohlantirishdi

Avgust oyida Yerda kuchli magnit bo‘ronlar bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar beradi REN TV.

O‘rtacha zichlikdagi bo‘ron 10 avgustda kuzatiladi, buning natijasida odamlarda qon bosim pasayishi seziladi.

Iqlimshunoslarning so‘zlariga qaraganda, 13-14 avgust kunlari kuchsiz bo‘ronlar sodir bo‘ladi. Biroq, ob-havoga sezgir odamlar bosh og‘rig‘i va hatto migrenni boshdan kechirishlari mumkin.

21-22 va 29 avgust kunlarida esa kuchli magnit bo‘ronlari kutilmoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ba’zi insonlar o‘sha kunlari o‘zlarini yomon his qilishlari, ularda uyqu muammolari, migren va turli og‘riqlar yuzaga kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!