Ohangaronda Rossiya bilan hamkorlikda sement ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etiladi

Ohangaronda Rossiya bilan hamkorlikda sement ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etiladi

Ohangaron shahrida O‘zbekiston – Rossiya hamkorligida yana bir qo‘shma korxona tashkil etiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sement ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mazkur korxonaga tamal toshi qo‘yilishi munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda Rossiyaning «Evrotsement grup» holding kompaniyasi, «O‘zqurilishmateriallari» aksiyadorlik jamiyati mas’ullari, soha mutaxassislari, quruvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!