Ogohlantirish: 25 maygacha kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘adi

Ogohlantirish: 25 maygacha kuchli yomg‘ir va do‘l yog‘adi

Tojikiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi 22 maydan 25 maygacha bo‘lgan muhlatda ob-havoning noqulay kelishi, kuchli shamol va yomg‘ir yog‘ib sel kelishi ehtimoli tufayli mamlakatning ayrim hududlarida Favqulodda holat e’lon qilib bu haqda aholini ogohlantirmoqda.

"Zarnews.uz"ning yozishicha, bunga Tojikiston Gidrometrologiya markazining 22–25 may kunlari mamlakatning aksar hududida kuchli shamol, yomg‘ir, do‘l yog‘ishi, joylarda havo haroratining yilning ushbu paytiga xos bo‘lmagan pastlashi haqidagi xulosalari sabab bo‘lgan.

Jumladan Gidrometrologiya markazi saytida mamlakatning aksariyat hududlarida shamolning tezligi 15/20 m/s ga, ayrim hududlarda esa shamolning tezligi 24/25 m/s gacha kuchayib, bo‘ronlar bo‘lishi haqida ma’lumotlar bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!