Ogoh bo‘ling! O‘zbekistonda havo g‘ayritabiy tarzda isiydi

Ogoh bo‘ling! O‘zbekistonda havo g‘ayritabiy tarzda isiydi

O‘zbekistonda jazirama kutilayapti. Eron va Turkmanistondan issiq havo kirib, haroratni odatiy ko‘rsatkichlardan 4-7 darajagacha isitib yuboradi. "O‘zgidromet"ning bir haftalik ob-havo ma’lumotiga ko‘ra havo harorati g‘ayritabiy tarzda oshishi kutilmoqda.

"Hafta boshida havo harorati 39, ba’zi joylarda esa 41 darajagacha chiqdi. Bu odatdagidan 2-4 daraja issiq. Lekin 26-30 iyun kunlari chilla o‘z kuchini ko‘rsatadi. Mamlakatning ko‘plab hududlarida jazirama kuchayadi", – deyiladi xabarda.

"O‘zgidromet"ning aytishicha, Eron va Turkmanistondan issiq havo kirib kelmoqda. Kunduzi 40 darajagacha, shimol, janub va cho‘l joylarda 42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu odatiy haroratdan 4-7 darajagacha ko‘p degani.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi esa soniyasiga 15-20 metrgacha chiqadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!