Nosoz motosikl uchun to‘langan 21 million so‘m xaridorga qaytarildi

Nosoz motosikl uchun to‘langan 21 million so‘m xaridorga qaytarildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida yashovchi fuqaro M. Abdullayevdan murojaat kelib tushdi. Unga ko‘ra u 21 million so‘mga motosikl xarid qilgani ammo nuqsonli chiqqani bois qaytarib olib borib bersa, sotuvchi olmaganidan shikoyat qilgan.

Fuqaro murojaati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” gi Qonuni hamda Federasiyaning Nizomiga muvofiq tegishli tartibda o‘rganish o‘tkazilib, fuqaro murojaati to‘liq qanoatlantirildi.

Aniqroq aytganda motosikl uchun to‘lagan 21 million so‘m puli fuqaroga qayta hisob-kitob qilinib, Federasiya aralashuvi bilan olib berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!